Joriy yil 7-iyun kuni Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibiga muvofiq, 53-Turkiston okrug saylov komissiyasining shaxsiy tarkibini tasdiqlash, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashlariga bo‘shab qolgan o‘rin bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi.
Majlisda Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan barcha masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.