Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi

20.02.2025

27

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 6-fevraldagi 1427-son, 2025-yil 13-fevraldagi 1428-son qarorlariga asosan Toshkent shahar Uchtepa tumani Kengashining 16-Algoritm saylov okrugida, xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 15-Shofayzi va 21-Bo‘ston saylov okruglarida, Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 16-Gulsanam saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi.

 

Bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi kalendar rejaga muvofiq yuqorida sanab o‘tilgan saylov okruglari bo‘yicha 16-mart sanasida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilinadi. Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha tegishli tuman saylov komissiyalarining qarorlari bilan quyidagi manzil orqali tanishib borishingiz mumkin:

 

http://toshkentsh.saylov.uz/oz/districts

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur