2025-yil 16-mart kuni Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlariga xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

16.03.2025

202

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 201, 26, 921, 93, 96 va 97-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha 4 ta okruglarning saylov yakunlari va natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan, tuman saylov komissiyalarining qarorlari qabul qilindi.

 

Bunga ko‘ra xalq deputatlari tuman Kengashlarining 4 ta okruglari bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati;

 

Mirzo Ulug‘bek tumani 16-Gulsanam saylov okrugidan nomzodlar orasidan eng ko‘p ya’ni (75,5 foiz) ovoz to‘plagan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Gaibnazarov Boxodir Rixsialiyevich xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati sifatida ro‘yxatga olindi.

 

Uchtepa tumani 16-Algoritm saylov okrugidan nomzodlar orasidan eng ko‘p ya’ni (77,2 foiz) ovoz to‘plagan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Mamadjanov Bunyod Baxtiyorovich xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati sifatida ro‘yxatga olindi.

 

Shayxontoxur tumani 15-Shofayzi saylov okrugidan nomzodlar orasidan eng ko‘p ya’ni (61,1 foiz) ovoz to‘plagan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Tuykulova Nodira Mirsabitovna xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati sifatida ro‘yxatga olindi.

 

Shayxontoxur tumani  21-Bo‘ston saylov saylov okrugidan nomzodlar orasidan eng ko‘p ya’ni (83,5 foiz) ovoz to‘plagan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Abubakirov Bobir Yuldashovich xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati sifatida ro‘yxatga olindi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur