O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026 yil 13 yanvardagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1457-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2026 yil 15 fevral, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.
|
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi |
Saylov uchastkasi chegaralari |
|
1. |
Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashi |
21-Qorasuv saylov okrugi |
806-uchastka |
"Xon-tepa" mahallasi taraqqiyot ko‘chasi, 223-uy |
“Sultonobod” “Xon tepa” mahalla fuqarolar yig‘ini chegaralari |
Eslatma!
2026 yil 15 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining toshkentsh.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;