Bugun erta tongdan Toshkent shahrining barcha tumanlarida uchastka saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari uchun seminar treninglar boshlandi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, uchastka raisi, rais o‘rinbosari va kotiblarining saylov tizimidagi yangiliklardan xabardor etish hamda saylov jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iboratdir.