Shayxontohur tumanidagi saylov uchastkalari to‘g‘risida axborot

03.10.2025

8

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 11-sentabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1446-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun
2025-yil 19-oktabr, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.       

Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi

12-Samarqand darvoza saylov okrugi

380-uchastka

"Al-Beruniy nomidagi  nodavlat-notijorat tashkilot (85-sonli maktab) binosi", Samarqand Darvoza koʻchasi

Shayxontohur tumani, Guli Rano, Guli Rano tor, Katta bog, Atirgul berk, Dustlik berk, Kubirarik, Kubirarik 1 tor, Kubirarik 2 tor, Samarkand Darvoza, Archny berk, Darvoza tor, Oynagul berk, Jizzax tor, Besh lola berk, Kadam berk, Urok berk, Yangi-Alif berk, Yashin berk, Yangiobod ko'chalari

2.       

381-uchastka

"Zangiota" mahalla fuqarolar yigʻini binosi, Samarqand Darvoza koʻchasi

Shayxontohur tumani, Zangiota mahalla fuqarolar yigʻinidagi Ilgari berk, Samarqand Darvoza, Jizzax tor, Besh lola berk, Gulchi berk, Moshchi berk, Xandon berk, Mastura berk, Termiz tor, Jizzax tor kuchalari

3.       

382-uchastka

13-sonli maktab binosi, Samarqand Darvoza koʻchasi

Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza mahalla fuqarolar yigʻinidagi Samarqand Darvoza, Darvoza tor, Termiz tor, Duchor berk, Uch Lola berk, Termiz 2 berk, Turkipak kuchalari

4.       

383-uchastka

46-oilaviy poliklinika binosi, Samarqand Darvoza koʻchasi, 198-uy

Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza mahalla fuqarolar yigʻinidagi №1, №1, №2, №2, №3, №4, №5, №6, №7, №8 koʻp qavatli uylar hamda Termiz tor, Termiz 2 berk

 

2025 yil 19 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining toshkentsh.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur