2025-yil 16-mart kuni Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashiga bo‘shab qolgan o‘ringa saylov bo‘lib o‘tdi.

17.03.2025

69

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 201, 26, 921, 93, 96 va 97-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha 15-Shofayzi va 21-Bo‘ston saylov okruglarining saylov yakunlari va natijalari to‘g‘risidagi bayonnomasiga asosan, tuman saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

 

Shayxontoxur tumani 15-Shofayzi saylov okrugidan nomzodlar orasidan eng ko‘p ya’ni (61,1 foiz) ovoz to‘plagan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Tuykulova Nodira Mirsabitovna xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati sifatida ro‘yxatga olindi.

 

Shayxontoxur tumani  21-Bo‘ston saylov saylov okrugidan nomzodlar orasidan eng ko‘p ya’ni (83,5 foiz) ovoz to‘plagan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Abubakirov Bobir Yuldashovich xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati sifatida ro‘yxatga olindi.