Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga MDH Parlamentlararo assambleyasining saylovni kuzatish missiyasi vakillari tashrif buyurdi.

27.09.2024

112

msk_yangiliklari_in

2024-yilning 26-sentabr sanasida Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovini kuzatish maqsadida MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashi bosh kotibi maslahatchisi S.Karavayev hamda MDH PA ishtirokchi davlatlarda demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DRMXI) eksperti S.Tkachenko tashrif buyurdi.

 

 

Tashrif doirasida Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi A.M.Magrupov boshchiligida hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda joriy yil 27-oktabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, milliy saylov amaliyotiga tatbiq etilgan yangiliklardan yana biri “E-Saylov” axborot tizimi va mazkur tizimning afzalliklari yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

 

 

 

 

O‘z navbatida missiya vakillari bo‘lajak saylovlarni umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuqori tashkiliy darajada o‘tishiga muvaffaqiyat tiladi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur